Выберите язык

Buxoro viloyati Olot tumanida iste’molchi tomonidan xarid qilingan kulinariya pishirig‘i bilan bog‘liq murojaat o‘rganilib, fuqaroning talabi ijobiy hal etildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro  O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 — “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilgan.

Murojaatda fuqaro tadbirkorlik savdo do‘konidan kulinariya pishiriq mahsulotini xarid qilganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahsulotda yaroqlilik muddati va tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilgan yorliq bo‘lmagan.

Shundan so‘ng iste’molchi mahsulotni qaytarib olishni so‘ragan.

Murojaat yuzasidan Sirdaryo tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish davomida fuqaro tomonidan keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan.

Natijada do‘kon sotuvchilari tomonidan iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplab berilgan. Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilgan.

Federatsiya tizimidagi jamiyat tomonidan murojaat bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilib, ish yuritish yakunlangan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening