Выберите язык

G‘uzor tumanida iste'molchiga nosoz changyutgich uchun to‘langan mablag‘ qaytarib berildi

Changyutgich uy tozaligini ta’minlashda eng zarur maishiy texnikalardan biridir.

Shu sababli uni xarid qilishda mahsulotning sifati, ishonchliligi va kafolat shartlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Biroq ayrim holatlarda yangi sotib olingan texnika nosoz chiqib, sotuvchi tomonidan uni qaytarish yoki pulni refund qilish rad etilishi mumkin. 

Ana shunday vaziyatlarda iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va ularni himoya qilishi muhim ahamiyatga ega.

Murojaatda aks etishicha, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro S.I. G'uzor tumani “Yangi bozor” hududida joylashgan “IFORA URALOVA” maishiy texnika do‘konidan 800 000 so‘mga "SAMSUNG VCC 8816 V36/UZ"  rusumli changyutgich xarid qilgan. 

Biroq mahsulot nosoz ekani tufayli, iste'molchi do'konga qaytarib, to‘langan mablag‘ni qaytarib berishini so‘ragan. Afsuski, do‘kon tomonidan bu talab rad etilgan.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi G‘uzor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. 

Jamiyat mutaxassislari holatni o‘rganib chiqib, do‘kon mas’ullariga qonunchilikdagi iste'molchi huquqlarini va sotuvchining majburiyatlari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borishgan.

Natijada esa, nosoz changyutgich uchun to‘langan 800 000 so‘m pul miqdori iste'molchiga  to‘liq qaytarib berildi. 

Har bir iste’molchi sifatli mahsulot olish, nosoz tovarni qaytarish yoki almashtirish huquqiga ega. 

Agar xarid qilingan mahsulot sifatsiz chiqib, sotuvchi rad javobini bersa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan qo'rqmang.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening