Выберите язык

G‘uzor tumanida iste’molchi huquqi tiklandi

Kiyim-kechak kundalik hayotda qulaylik va tashqi ko‘rinishning muhim qismi hisoblanadi. 

Shu bois xarid qilinayotgan mahsulotning sifati va yaroqliligi iste’molchi talabiga javob berishi lozim.

Afsuski, ayrim holatlarda sotib olingan tovar qisqa vaqt ichida sifatsizligi ma’lum bo‘lib, sotuvchi tomonidan uni almashtirish yoki pulni qaytarish rad etilishi mumkin. 

Bunday vaziyatlarda iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va ularni himoya qila olishi muhimdir.

Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani yashovchi fuqaro M.Q. “MAFTUNA SHOP 223” do‘konidan 350 000 so‘mga ayollar ko‘ylagini xarid qilgan.

Biroq mahsulot sifatsiz ekani aniqlangach, iste'molchi do‘konga murojaat qilib, tovarni almashtirish yoki to‘langan mablag‘ni qaytarishni so‘raganda, sotuvchi bu talabni rad etib, eshitishni ham istamagan.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro G‘uzor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Tuman jamiyati mutaxassislari holatni o‘rganib chiqib, do‘kon mas’ullariga amaldagi qonun talablari yuzasidan tushuntirishlar olib borishdi.

Natijada, do‘kon sotuvchisi o‘z xatosini tan olib, mahsulot uchun to‘langan 350 000 so‘m mablag‘ni to‘liq qaytarib berdi. Shu tariqa murojaat ijobiy hal etildi.

Har bir iste’molchi sifatli mahsulot olish, nosoz yoki sifatsiz tovarni qaytarish yoxud almashtirish huquqiga ega. 

Agar xarid qilingan mahsulot sifatsiz chiqib, sotuvchi rad javobini bersa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang. Qonun — iste’molchi tomonida.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening