Выберите язык

O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasining 4 ta tuman (shahar) jamiyatiga xizmat avtomobili topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qarori ijrosi doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida hududlarda tashabbusli loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu jarayonning yana bir amaliy natijasi sifatida, bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi Buxoro tuman jamiyatiga Onix, Buxoro va Kogon shahar, Qorako’l tuman jamiyatlariga Damas rusumli xizmat avtomobillari topshirildi.

Yangi xizmat avtomobillarining topshirilishi tuman va shahar jamiyatlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, chekka hududlarda yashovchi fuqarolar bilan bevosita ishlash, iste’molchilarning murojaatlarini tezkor o‘rganish, joylarda o‘rganish va jamoatchilik monitoringlarini o‘tkazish, shuningdek, huquqiy-ma’rifiy tadbirlar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, tizim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam sifatini yanada oshirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, muammo va tashabbuslarni birgalikda hal etish, NNTlarning faolligini oshirish — mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Bu esa inson huquqlarini himoya qilish, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening