Выберите язык

“HAMKORLIK BITIMI” IJROSI TA’MINLANDI

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Davlatobod tuman ijro etuvchi apparati tomonidan Federatsiya raisi hamda hududiy birlashma raisining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida tumandagi umumta’lim maktablaridan birida yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchining nogironlik aravachasiga ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Davlatobod tuman bo‘limi bilan 2026-yil 18-may kuni imzolangan “Hamkorlik bitimi”ga asosan, Qurbon hayiti munosabati bilan o‘quvchiga nogironlik aravachasi topshirildi.

Bu kabi amaliy ishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur yordam ko‘rsatish hamda hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening