Выберите язык

  2026-yil 8-iyun kuni Navoiy viloyati Navbahor tumani Karvon MFYda yashovchi fuqaro M.S. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat qildi.
 Murojaatda fuqaro tuman markazidagi savdo do‘konidan 3 000 000 so‘mga o‘zi yuruvchi "Port" rusumidagi bolalar avtomashinasini xarid qilganini, sotuvchi tomonidan mahsulot 24 V quvvatga ega deb taqdim etilganini, biroq amalda avtomashina 12 V ekanligi aniqlanganini ma'lum qilgan. Shuningdek, mahsulot uy sharoitida foydalanish jarayonida nosoz holatga kelib qolgan.
Fuqaro muammoni hal etish maqsadida sotuvchiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, mahsulot almashtirib berilmagan va to‘langan pul mablag‘i ham qaytarilmagan.
   Mazkur murojaat Navbahor tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Jamiyatning amaliy aralashuvi va olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 2026-yil 9-iyun kuni fuqaroga xarid uchun to‘lagan 3 000 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
Ushbu holat iste'molchilarning qonuniy huquqlari himoya qilinayotganini hamda murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, amaliy yechim topayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening