Выберите язык

Hududiy birlashmaning joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi, shuningdek mamlakatimizda 2026-yilni — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e'lon qilinishidan kelib chiqqan holda belgilab olingan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliev Beshariq tumanida bo‘lib tuman jamiyati mutaxassislari, tayanch guruhlari rahbarlari hamda tizim faollari bilan uchrashdi. 

Ochiq muloqot tarzida  bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda Federatsiya tizim tashkilotlarining  “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi ijrosida faol ishtirok etishiga erishish, buning uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan faol ishlash, bu bilan aholi vakillarining iste'mol sohasiga oid muammolarini samarali hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda tizim faollari bilan Beshariq tumanida iste'molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini yanada keng yo‘lga qo‘yish, aholi (iste'molchilar)ning huquqiy bilim saviyasi va iste'mol madaniyatini oshirish yo‘li bilan sohaga oid qonunchilik ijrosini ta'minlash ishiga aholining keng qatlamlarini faol jalb qilish, sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan o‘tkaziladigan jamoatchilik nazorati tadbirlarini yanada jonlantirish, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish hamda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini yanada rivojlantirish kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi. 

Tadbir doirasida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator tyanch guruhlari rahbarlari va ijtimoiy harakat faollariga hududiy birlashmaning tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening