Выберите язык

Denov shahar Sanoatchilik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.S tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat asosida jamiyat mas’ul xodimlari, tuman gaz ta’minoti korxonasi vakillari hamda murojaatchi ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida gaz hisoblagich quvvatlantiruvchi batareyasining kuchsizlanib qolganligi sababli hisoblagichda 576 352 so‘m miqdorida qarzdorlik yuzaga kelganligi aniqlandi.

Murojaatchi tomonidan aniqlangan qarzdorlik to‘liq bartaraf etilib, abonent raqamiga to‘lov amalga oshirildi hamda fuqaroning gaz ta’minoti qayta tiklab berildi.

✔️ Natijada iste’molchining murojaati joyida ko‘rib chiqilib, muammo ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening