Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisi J. Sarimsoqov rahbarligida hamda Surxondaryo viloyati hududiy birlashma rahbari va mutaxassislari, shuningdek, tuman (shahar) jamiyatlari raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktyabrdagi PQ-296-sonli qarori ijrosi doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish kabi masalalar o‘rin oldi.

Shuningdek, 2025-yil davomida sohada olib borilgan ishlar keng qamrovda tahlil qilinib, ularning samaradorligi atroflicha muhokama qilindi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, hududlarda ishlarni jadallashtirish hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar, tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening