Выберите язык

⚡️ Hushyorlik – iste’molchi huquqining kafolati

Bugungi kunda turli shaxslar korxona va muassasalarga kirib, o‘zini turli tashkilot yoki bank vakili sifatida tanishtirib, odamlarni onlayn savdo ilovalari orqali tovar xarid qilishga undash hollari tez-tez uchrab turibdi. Ayrimlar xarididan mamnun bo‘lsa, boshqalar aksincha “aldandim” degan vaj bilan turli idoralarga shikoyat qilishga majbur bo‘layapti.

Shunday muammolardan biri, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani yashovchi fuqaro X.S va qoʻshimcha kafil N.Sh AT Xalq banki Nishon BXM dan 28.06.2019 - yilda  isteʼmol krediti shartnomasiga asosan  18 000 000 soʻm 32 oy muddatga 30 foiz ustama haq toʻlash sharti bilan kredit ajratilgan. 20.11.2025 - yil holatiga koʻra, muddati oʻtgan asosiy qarzdorligi 9 073 986.77 soʻm muddati oʻtgan foiz qarzi 16 627 890.82 soʻmligi aniqlandi. Jami qarzdorlik 25 701 877.59 soʻmni tashkil etgan. Isteʼmolchi ushbu holatdan norozi boʻlib Nishon tumani jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Fuqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tuman jamiyati xodimlariga murojaat bilan chiqgan. Soʻng esa tuman jamiyati xodimlari tomonidan muammo toʻliqligicha oʻrganilib, 25 701 877.59 soʻm boʻlgan noreal qarzdorlik bekor qilinib berildi.

✅ Esda tuting: iste’molchi huquqi har qanday sohada, jumladan bank xizmatlarida ham qonuniy himoyada.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening