Выберите язык

Ichimlik suvi bo‘yicha noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Namangan tumanida yashovchi iste’molchi ichimlik suvi to‘lovlari bilan bog‘liq masalada Namangan tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qildi.

Murojaatda iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar abonent hisobida aks etmagani sababli billing tizimida noreal qarzdorlik shakllangani bildirilgan.

Mazkur holat jamiyat mutaxassislari tomonidan “Namangan suv ta’minoti” AJ Namangan tuman filiali bilan hamkorlikda o‘rganildi.

O‘rganish natijasida iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar abonent hisobiga qayta kiritildi hamda suv hisoblagichi ko‘rsatkichlari asosida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Natijada noreal qarzdorlik masalasi ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening