Выберите язык

    Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Navbahor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tumandagi savdo do‘konlarida jamoatchilik nazorati tadbirlari olib borilmoqda.
  O‘rganishlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddatlari, mahsulotlarning iste’mol uchun xavfsizligi hamda amaldagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari atroflicha ko‘zdan kechirilmoqda.
  Shuningdek, savdo nuqtalarida mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi, narxlar ko‘rsatkichlarining mavjudligi va iste’molchilarga yaratilgan qulay sharoitlar yuzasidan ham monitoring ishlari olib borilmoqda.
   O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tadbirkorlarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilib, iste’molchilar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, aholining sifatli mahsulotlardan foydalanish huquqini himoya qilish hamda iste’mol bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.
Sifatli mahsulot va xavfsiz iste’mol — har bir fuqaroning qonuniy huquqidir!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening