Выберите язык

   Yoz mavsumida aholi tomonidan muzqaymoq va yaxna ichimliklarga bo‘lgan talabning ortib borayotgani iste'molchilarga sifatli mahsulotlar yetkazib berish hamda savdo shoxobchalarida zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan Navoiy shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan muzqaymoq hamda yaxna ichimliklar savdosi yo‘lga qo‘yilgan savdo nuqtalarida jamoat nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
   O‘rganishlar davomida mahsulotlarning saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddati, narxlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning mavjudligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda iste'molchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, savdo shoxobchalarida iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mahsulotlar haqidagi ma'lumotlarning to‘liqligi va xaridorlarning qonuniy huquqlariga rioya etilishi yuzasidan ham monitoring tadbirlari amalga oshirilmoqda.
  Mazkur jamoat nazorati tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish, savdo va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yaxshilash hamda aholini sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta'minlashga ko‘maklashishdan iborat.
Iste'molchi manfaatlari – doimo e'tiborda!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening