Выберите язык

   2026-yil iyun oyida Konimex tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Birlik MFY, Bobur ko‘chasi, 4-uyda yashovchi nafaqaxo‘r fuqaro Serjanov Lepesbay Aldanovich tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro o‘zi xarid qilgan 4 million 500 ming so‘m qiymatdagi skuter nosoz holatda chiqqani va undan foydalanishning imkoni bo‘lmay qolganini ma'lum qilgan. Shuningdek, u mahsulot uchun to‘langan mablag‘ni qaytarish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

  Mazkur murojaat Konimex tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida sotuvchi bilan tegishli tartibda muzokaralar olib borilib, iste'molchining qonuniy talablari asoslantirildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida nosoz skuter uchun to‘langan 4 million 500 ming so‘m mablag‘ iste'molchiga to‘liq qaytarib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.

Ushbu holat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta'minlashda muhim o‘rin tutayotganini yana bir bor namoyon etdi. Fuqarolar sifatsiz tovar yoki xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan taqdirda, o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening