2026-yil 20-iyun kuni Uchquduq tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Yo‘lchilar ko‘chasida yashovchi fuqaro T.O. tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro yarmarkadan xarid qilgan ayollar ko‘ylagi sifatsiz chiqqanidan noroziligini bildirib, o‘z huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘ragan. Uning ta'kidlashicha, mahsulotda nuqsonlar aniqlangan bo‘lib, ko‘ylakdan foydalanish imkoniyati cheklangan. Biroq mahsulot yarmarkadan xarid qilinganligi sababli sotuvchini topishning imkoni bo‘lmay, iste'molchi bir necha bor ovora bo‘lgan.
Murojaat Uchquduq tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida mahsulotni sotgan tadbirkorni aniqlash va u bilan bog‘lanish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
Jamiyat xodimlarining sa'y-harakatlari natijasida sotuvchi topilib, iste'molchining qonuniy talablari unga tushuntirildi. Olib borilgan muzokaralar yakunida sifatsiz mahsulot uchun to‘langan mablag‘ to‘liq ravishda iste'molchiga qaytarib berildi.
Mazkur holat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta'minlashda muhim o‘rin tutishini yana bir bor tasdiqladi. Fuqarolar xarid qilingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat sifati yuzasidan muammolarga duch kelgan taqdirda, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilishlari mumkin.
Iste'molchi haq-huquqlari qonun himoyasida!
YARMARKADAN XARID QILINGAN SIFATSIZ KO‘YLAK UCHUN TO‘LANGAN PUL ISTE'MOLCHIGA QAYTARILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 22
























