Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Urganch shahar Al-Xorazmiy ko‘chasida yashovchi fuqaro J.A. Xorazm suv ta’minoti korxonasi tomonidan ichimlik suvi o‘z vaqtida yetkazib berilmayotganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, iste’molchining manfaatlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaro J.A.ning ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati ijobiy hal qilindi.

Iste’molchilar kommunal va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan taqdirda, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening