Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Sirdaryo viloyati hududiy birlashmasi vakillari Shirin shahrida aholining iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, jamiyat a’zolari safini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida Shirin shahar jamiyati hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati vakillari bilan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Muloqotda, xususan, ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar va fuqarolar o‘rtasida iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyat a’zolari sonini ko‘paytirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aholiga iste’molchi huquqlari, tovar va xizmatlardan foydalanishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, shartnoma tuzish, to‘lovlarni amalga oshirish hamda sifatsiz xizmat yoki mahsulotga duch kelganda murojaat qilish tartibi haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish, iste’molchilarning huquqiy bilimlarini oshirish va jamiyat a’zolari safini kengaytirishga qaratilgan bir qator takliflar bo‘yicha kelishib olindi.

Tegishli yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirish va amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish belgilandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening