Выберите язык

      Navbahor tumanining Beshrabot hududidagi “Navbahor” mahallasida yashovchi fuqaro Ismatilla Choriyev iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish va amaliy yordam ko‘rsatish so‘rab O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga murojaat qildi.
🔹 Murojaatda fuqaro kredit evaziga 20 million 350 ming so‘mga skuter xarid qilgani, biroq xarid jarayonida transport vositasining texnik holati hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganini bildirgan.
⚖️ Mazkur murojaat Federatsiyaning mutasaddi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Sotuvchi bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.
✅ Natijada aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi. Shu tariqa fuqaroning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquqlari tiklandi.
🤝 Murojaatining ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan fuqaro Federatsiya xodimlariga amaliy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
📌 Iste’molchi huquqlari amalda — muammo o‘z vaqtida o‘rganilib, qonuniy yechim topmoqda!
📞 Iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilgan taqdirda, 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening