Bugungi kunda uy-joy qurilishi sohasida ulushdorlik asosida xonadon xarid qilish keng tarqalmoqda. Biroq ayrim hollarda quruvchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasligi fuqarolarning huquq va manfaatlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.
⚖️ Yaqinda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudida ko‘rib chiqilgan nizo bunga misol bo‘la oladi.
2022-yilda fuqaro G‘. Komilov va “QIZILQUM OLTIN QURILISH” MChJ o‘rtasida Zarafshon shahri 14-kichik tumanidagi 9 qavatli uydan 2 xonali xonadon barpo etish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Fuqaro shartnoma bo‘yicha 203 million 840 ming so‘m mablag‘ni to‘liq to‘lagan.
❗️ Biroq quruvchi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagach, taraflar o‘rtasida shartnomani bekor qilish va to‘langan mablag‘ni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shunga qaramay, MChJ tomonidan pul mablag‘lari qaytarilmagan.
🤝 Mazkur vaziyatda Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab sudga murojaat qildi.
✅ Sud jarayonida iste’molchining talablari qonuniy deb topilib, to‘langan 203 million 840 ming so‘m mablag‘ni MChJdan undirish masalasi hal etildi.
📌 Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy huquqlarini bilishi va zarur hollarda ularni himoya qilish uchun vakolatli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi.
⚖️ “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqib, shartnoma shartlari buzilgan hollarda iste’molchi o‘z huquqlarini qonuniy tartibda himoya qilishga haqli.
📑 Shunday muammoga duch kelsangiz, shartnoma va barcha to‘lov hujjatlarini saqlab qo‘ying hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlariga yoki sudga murojaat qiling.
OAV BIZ HAQIMIZDA:SHARTNOMA BUZILSA ISTE’MOLCHI PULINI QANDAY QAYTARADI?
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 150
























