Выберите язык

IKKI MILLION SO‘MLIK DUBLONKA PULI ISTE’MOLCHIGA QAYTARILDI!

Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga  fuqaro X. Sultonova yozma ariza bilan murojaat qildi.
Murojaatda bayon etilishicha, iste’molchi Mingbuloq tuman markazida joylashgan ayollar kiyim do‘konidan 1 dona ayollar dublonkasini 2 000 000 (ikki million) so‘mga xarid qilgan.

Uyiga borgach uning sifati talab darajasida emasligi hamda o‘lchami mos kelmasligi aniqlangan. Iste’molchi o‘sha kunning o‘zida dublonkani do‘konga olib borib, almashtirishni so‘ragan. Biroq sotuvchi mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortgan.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro qonuniy yechim topish maqsadida jamiyatga murojaat qilgan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.  
Natijada iste’molchining talabi qanoatlantirilib, o‘lchami mos kelmagan dublonka uchun to‘langan 2 000 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening