2026-yil 11-mart kuni O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali fuqaro J.B. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchi Mirzo Ulug‘bek tumanida faoliyat yurituvchi “Arzon” MChJ korxonasidan qiymati 70 million so‘m mahsulot xarid qilgan. Biroq korxona tomonidan mahsulot belgilangan muddatlarda yetkazib berilmaganligi sababli iste’molchi o‘zining qonuniy manfaatlari buzilganini bildirib, amaliy yordam so‘rab O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida holat yuzasidan iste’molchi va tadbirkorlik subyekti vakillari bilan muloqotlar olib borildi hamda yuzaga kelgan muammoni qonuniy asosda bartaraf etish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Olib borilgan amaliy ishlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi. Xususan, fuqaro J.B. tomonidan mahsulot uchun oldindan to‘langan 70 million so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi va uning qonuniy manfaatlari tiklanishi ta’minlandi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijalaridan biri hisoblanadi. Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan nizolarni qonuniy asosda hal etish hamda fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 3
























