Qo‘shtepa tumanilik B.X.ning 2025 yilning noyabr oyida onlayn savdo vositasida, shartnoma qiymati 5 598 880 so‘m bo‘lgan BQ Smart TV 4K rusumli televizorni 3 oy ichida bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilgani, lekin yetkazib berilgan tovar ochib ko‘rilganda ekranida nuqson mavjudligi sabab sotuvchiga qaytarilgani, lekin iste'molchining tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirilishi bo‘yicha talabi bajarilmay kelayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘ra, sotuvchi iste'molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish majburiyatini, iste'molchi esa, shartlashilgan pulni to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Iste'molchi sotib olingan tovar sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirish huquqiga ega. Ushbu jarayonda nuqsonlar aniqlansa, iste'molchida tovarni almashtirish, uning xzarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish, shartnomani bekor qilish kabi bir qator huquqlar vujudga keladi. Iste'molchining qonuniy huquqlaridan kelib chiqib qo‘ygan talabini bajarmaslik esa sotuvchiga huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati murojaatni o‘rganish doirasida onlayn savdo platformasi mas'ullari bilan bog‘lanib, yuzaga kelgan holat yuzasidan muzokaralar olib borildi. Uning yakunlariga ko‘ra, shartnoma bekor qilinib, nuqsoli tvoar qaytarilgan bo‘lsada, iste'molchidan 3 oy ichida olingan to‘lov summasi - 5 598 880 so‘m mablag‘ iste'molchining bank plastik kartasiga qaytarilishiga erishildi.
























