Выберите язык

IKKI OYLIK MUAMMO AMALIY YORDAM BILAN HAL ETILDI
Qo‘shrabot tumani Jo‘sh Ota MFYda yashovchi fuqaro J.M 2 oy davomida suyultirilgan gaz ballonini ololmagani sababli Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaat Qo‘shrabot tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan holatlar aniqlashtirilib, masalani hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Natijada fuqaroning mavjud gaz balloni almashtirib berildi. Shu bilan iste’molchining 2 oy davomida davom etib kelgan muammosi amaliy yordam asosida bartaraf etildi.
Murojaatning ijobiy hal etilishi natijasida fuqaroning suyultirilgan gazdan foydalanish imkoniyati tiklandi va uning iste’molchi sifatidagi qonuniy manfaatlari ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening