Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda ularning murojaatlariga qonuniy yechim topish borasida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Federatsiyaga kelib tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda. Ana shunday murojaatlardan biri natijasida iste’molchining 3 million 185 ming so‘mlik mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi.
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga joriy yilning 23-iyul kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro G.A. tomonidan murojaat kelib tushdi. Iste'molchi murojaatida Toshkent shahar, Yashnobod tumanida joylashgan Procamp oromgohiga 9 yoshli farzandini yuborgan va 3 500 000 so'm to'lov qilgan ammo farzandi oromgohda 1 kun qolganidan so'ng ko'ziga allergiya toshganligi sababli farzandini oromgohdan qaytarib olib kelgan bo'lsada, oromgoh tomonida to'lov puli qaytarilmaganligidan norozilik bildirgan. Mazkur murojaat Toshkent shahar Hududiy birlashma xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, unda keltirilgan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi hamda tomonlarga qonunchilik talabi asosida tushuntirishlar berilib, uchrashuvlar tashkil etildi.
O‘rganishlar va olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida iste’molchining murojaati korxona tomonidan ijobiy hal etildi. Natijada fuqaroning huquq va manfaatlari tiklanib, unga 3 million 185 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.
Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir samarali natijasi bo‘ldi.
Iste’molchi murojaati ijobiy hal etilib, 3 million 185 ming so‘m mablag‘ qaytarildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 9
























