Inklyuziv ta’lim masalasidagi murojaat ijobiy hal etildi
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Nurobod tumanining Ulus MFY hududida yashovchi fuqaro D.M. tomonidan farzandining inklyuziv ta’lim olishi bilan bog‘liq muammo yuzasidan Nurobod tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yo‘llandi. Murojaatda farzandiga ta’lim jarayonini tashkil etish uchun tegishli o‘qituvchilar biriktirilmaganidan norozilik bildirilgan.
Mazkur murojaat Nurobod tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida bolaning ta’lim olish huquqi, unga yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar hamda inklyuziv ta’lim jarayonini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijasida murojaatchining farzandi uchun ta’lim standartlari asosida tegishli dars jadvali ishlab chiqildi hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida zarur fanlardan o‘qituvchilar biriktirildi.
Natijada fuqaro D.M.ning murojaatida ko‘tarilgan masala amaliy yechimini topib, farzandining ta’lim olish jarayonini davom ettirishi uchun zarur sharoit yaratildi.
Nurobod tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlari bundan buyon ham belgilangan tartibda o‘rganilib, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy choralar ko‘riladi.
Inklyuziv ta’lim masalasidagi murojaat ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 54
























