Выберите язык

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish - qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini tiklashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda kelib tushayotgan murojaatlar mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganilib, mavjud muammolarni qonuniy asosda bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro H.D. tomonidan Federatsiyasining Telegram Boti orqali yo‘llangan.
Murojaatda iste’molchi 2026-yil 31-mart kuni turfirma orqali Turkiya Respublikasidagi Sherwood Exclusive Kemer mehmonxonasidan 2026-yil 16-avgustdan 21-avgustga qadar bo‘lgan muddat uchun xona bron qilganini bildirgan. Biroq safar vaqti yaqinlashganida mehmonxonada uning nomiga bron rasmiylashtirilmagani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, iste’molchi yuzaga kelgan muammo bo‘yicha turfirma rahbariyatiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, masala o‘z vaqtida bartaraf etilmaganidan norozilik bildirgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Shayxontohur tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi hamda murojaat yuzasidan tegishli ishlar olib borildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi. Jumladan, turfirma tomonidan fuqaroning 2 000 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib berildi.
Mazkur holat iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida olib borilayotgan ishlarning muhim natijasidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening