Har bir murojaat ortida inson taqdiri, oilaning tashvishi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi mujassam. Shu bois fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga amaliy yechim topish Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Nurota tumani “Orasoy” MFY Samari qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.I.A. tomonidan 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga yuborilgan 25327/26-sonli murojaat ham qisqa muddatda o‘rganildi. Fuqaro suyultirilgan gaz ballonini ta’mirlash va almashtirish masalasida amaliy yordam so‘ragan edi.
Murojaat Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan zudlik bilan ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi. Natijada fuqaroning xonadoniga 50 litrli suyultirilgan gaz balloni yetkazilib, amaldagi tartib asosida almashtirib berildi.
Ko‘rsatilgan tezkor va samarali yordam natijasida bir oilaning muammosi bartaraf etildi. Fuqaro S.I.A. bildirilgan e’tibor va amaliy ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirib, murojaati e’tiborsiz qolmaganidan mamnunligini izhor etdi.
Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bundan buyon ham har bir murojaatni mas’uliyat bilan ko‘rib chiqib, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga amaliy yechim topish yo‘lida faoliyatini izchil davom ettiradi.
INSON QADRI – ENG OLIY QADRIYAT: MUROJAAT O‘Z VAQTIDA IJOBIY HAL ETILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 205
























