Выберите язык

  O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shunday murojaatlardan biri Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro tomonidan yo‘llandi. Fuqaro shahar markazida joylashgan savdo majmualaridan biridan 3 million 200 ming so‘m naqd pul evaziga konditsioner xarid qilgan. Biroq oradan bir necha kun o‘tib, konditsioner nosoz holga kelgan. Fuqaro ushbu masala yuzasidan savdo majmuasi rahbariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, murojaati e’tiborsiz qoldirilgan.
 Shundan so‘ng fuqaro yuzaga kelgan muammo bo‘yicha Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga og‘zaki murojaat qilib, amaliy yordam so‘radi.
  Mazkur murojaat belgilangan tartibda Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida savdo majmuasi rahbariga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining huquqlari hamda sotuvchining majburiyatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida 3 million 200 ming so‘mlik nosoz konditsioner savdo do‘konining servis xizmati tomonidan ta’mirlanib, to‘liq soz holatda iste’molchiga topshirildi.
  Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlari doimo e’tiborda ekanini, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli va samarali ishlar olib borilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Fuqarolar o‘z huquqlari buzilgan holatlarda 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening