Выберите язык

Urganch tumanida yashovchi fuqaro D.R. Xiva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og'zaki murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro Xiva tumanida faoliyat yurituvchi usta Q.J.ga temir eshik tayyorlab o'rnatib berish uchun 7 800 000 (yetti million sakkiz yuz ming) so'm to'lagan. Usta tomonidan tayyorlangan temir eshik xonadonga o'rnatilgandan so'ng, unda nuqsonlar mavjudligi aniqlangan.

Mazkur murojaat Xiva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganilib, tomonlar bilan olib borilgan tushuntirish va muzokaralar natijasida iste'molchining talabi qanoatlantirildi. Natijada fuqaro D.R.ga to'lagan 7 800 000 (yetti million sakkiz yuz ming) so'm pul mablag'i to'liq qaytarildi.

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi qisqa raqamli Ishonch telefoni 1091.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening