Nurobod tumani Nurbuloq mahallasi hududida faoliyat yuritib kelayotgan “Nurobod obod kelajagi” sanatoriysida amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilgan monitoring davomida binoning kirish qismida nogironlar uchun pandus oʼrnatilmagan,ushbu toifadagi fuqarolar uchun hududda xona va unga tegishli sharoitlar mutlaqo yaratilmagan. Binoning kirish qismida isteʼmolchilar uchun xizmatlar yuzasidan zaruriy maʼlumotlar tashkil qilinmagan. Sihatgohda mehnat qiluvchi ishchi-xodimlar maxsus kiyim-kechak va oʼzini tanituvchi beyjiklar bilan taʼminlanmagan. Bino zinapoyalari belgilangan talablarga zid ravishda qirrali shaklda yasalib oʼrnatilgan. Ikkinchi qavatda oziq-ovqat mahsulotlarining qoldiqlari hojatxonaga yigʼib toʼplangan. Muolaja xonasida parafin maxsus qozonda emas, alyuminiy idishda eritilib isteʼmolchilarga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan holda xizmat koʼrsatilmoqda. Mavjud oshxonada sanitariya talablariga rioya eetilmayapti,yaʼni axlat va oziq-ovqat qoldiqlari hududdan olib chiqilmasdan taom tayyorlash bilan oshpazlar shugʼullanib kelmoqda.
Dori-darmonlar shkafida olti turdagi dori vositalarining yaroqlik muddatlari oʼtib ketganligi maʼlum boʼldi. Shuni taʼkidlash joizki dori-darmon vositalarini saqlash uchun sanitariya va qoidalari talablariga ushbu sihatgohda amal qilinmaydi.
Ishchi-xodimlarning tibbiy koʼrikdan oʼtganligi yuzasidan maʼlumotlari taqdim qilinmadi.
Hududda foydalanib kelinayotgan radonli suvning xavfsizligini tasdiqlovchi sanitariya organlaridan olingan hujjatlar sihatgohda mavjud emas.
Sanatoriyda mavjud oʼlchash, tekshirish hamda fiziterapevtik elektr qurilmalarga sertifikatlashtirish organlaridan qiyoslash sertifikatlari taqdim qilinmadi.
Nurobod tumani Nurbuloq mahallasi hududida faoliyat yuritib kelayotgan “Nurobod obod kelajagi” sanatoriysida amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilgan
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 31
























