Выберите язык

Onlayn savdoning ommalashib borayotgani iste'molchilar uchun keng imkoniyatlar yaratayotgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda tovarni yetkazib bermaslik yoki oldindan to‘langan mablag‘ni qaytarmaslik bilan bog‘liq muammolar ham uchrab turibdi. Bunday vaziyatlarda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fuqarolarning qonuniy manfaatlarini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatmoqda. 

Farg‘ona tumani Mindonobod mahallasida yashovchi fuqaro A.A. Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali mahsulot buyurtma qilib, sotuvchiga 200 ming so‘m oldindan to‘lov amalga oshirgan. Biroq sotuvchi belgilangan muddatda mahsulotni yetkazib bermagan va to‘langan mablag‘ni ham qaytarmagan. Shu sababli iste'molchi dastlab huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, keyinchalik esa iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. 

Murojaat belgilangan tartibda Farg‘ona tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Holat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda huquqiy choralar ko‘rilib, iste'molchining talablari qonunchilik asosida ko‘rib chiqildi. Natijada sotuvchi bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda iste'molchining buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi. 

Olib borilgan ishlar samarasida fuqaro tomonidan oldindan to‘langan 200 ming so‘m mablag‘ to‘liq holda uning bank plastik kartasiga qaytarib berildi. Shu tariqa iste'molchining murojaati ijobiy hal qilinib, uning qonuniy manfaatlari ta'minlandi. 

Mazkur holat internet orqali xaridlarni amalga oshirishda ishonchli sotuvchilarni tanlash, to‘lovni amalga oshirishdan oldin sotuvchi haqida yetarli ma'lumot to‘plash muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi. Agar onlayn savdo jarayonida iste'molchilarning huquqlari buzilsa, ular iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilish orqali huquqiy maslahat va amaliy yordam olishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening