⚡️Qamashi tumanida isteʼmolchi murojaati asosidagi muammo bartaraf etildi
Wi-Fi — zamonaviy axborot texnologiyalarining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, simsiz aloqa orqali qurilmalarni internet tarmog‘iga ulash imkonini beradi. Ushbu texnologiya insonlarning axborot almashinuvi, ta’lim olishi, ishlashi va kundalik hayotini yanada qulay va samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 24 - iyun sanasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoniga Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi fuqaro Sh.Sh tomonidan murojaat kelib tushdi.
Isteʼmolchi oʻz murojaatida ; "mening xonadonimda wi-fi internet tarmogʻi 5 kundan buyon ishlamayotganligi va bir qancha murojaat qilishimga qaramasdan wi-fi internet tarmogʻini tuzatib berishmayapti" deydi. E'tiborsizlik bilan yondashgan soha xodimlari fuqaroga bepisandlik qilib kelavergan.
Mazkur voqealikdan koʻngli toʻlmagan isteʼmolchi Qamashi tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni qonun doirasida atroflicha oʻrganib chiqishdi. Oʻrganishlar natijasida, ikki tomon fikrlari eshitilib, isteʼmolchi haqligi aniqlanib, anchadan buyon yechilmay kelayotgan muammoga chek qoʻyildi va fuqaro xonadoniga wi-fini taʼmirlab faol ishlaydigan topshirildi.
✅ Maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va eng muhimi, iste’molchilar huquqlarini amalda ta’minlashdir.
























