Qumqo‘rg‘on tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro N.A. tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro xonadoniga suyultirilgan gaz yetkazib berilmayotgani, ushbu holat 3 oydan buyon davom etayotgani hamda mazkur masalani hal etishda amaliy yordam so‘ragani bayon etilgan.
Mazkur murojaat belgilangan tartibda Qumqo‘rg‘on tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali “Qumqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi. Fuqaroning gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalasi yuzasidan tegishli tashkilot vakillari bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi. Natijada fuqaroning xonadoniga suyultirilgan gaz yetkazib berilishi ta’minlandi. Shu tariqa iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, qonuniy manfaati himoya qilindi.
Mazkur holat kommunal xizmatlar, xususan gaz ta’minoti sohasida aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarga qonuniy yechim topish muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Qumqo‘rg‘on tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, iste’molchilarga amaliy-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi?
1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
























