Выберите язык

Oltinsoy tumanida internet xizmati bilan bog‘liq murojaat o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Oltinsoy tumani Barkamol avlod mahallasida yashovchi fuqaro I.J. xonadonidagi Wi-Fi internet tarmog‘i uzilib qolganidan va ushbu xizmatdan foydalana olmayotganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga og‘zaki murojaat qilgan.

Murojaatda fuqaro internet tarmog‘idagi nosozlik sababli bir necha vaqt davomida xizmatdan to‘liq foydalana olmayotgani, bu esa kundalik turmush tarzi, aloqa, axborot olish va boshqa zarur onlayn xizmatlardan foydalanishda noqulaylik tug‘dirayotganini bildirgan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. Tuman jamiyati rahbari boshchiligida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning vajlari, xonadonidagi internet tarmog‘i holati hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi. Masalani ijobiy hal etish maqsadida tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “O‘ztelekom” kompaniyasi mas’ullari bilan bog‘lanildi.

Olib borilgan amaliy choralar natijasida fuqaro I.J.ning xonadonidagi Wi-Fi internet tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etildi va internet xizmati qayta ishga tushirib berildi.

Shu tariqa iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning internet xizmatidan foydalanish imkoniyati tiklandi. Fuqaro I.J. murojaati e’tiborsiz qoldirilmagani, masala tezkor o‘rganilib, amaliy jihatdan ijobiy hal etilgani uchun Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Mazkur holat aholiga ko‘rsatilayotgan aloqa va internet xizmatlari sifati, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.

Bugungi kunda internet xizmati fuqarolarning kundalik hayoti, ta’lim, ish faoliyati, davlat xizmatlaridan foydalanish, axborot olish va muloqot jarayonlarida muhim o‘rin tutadi. Shu bois ushbu yo‘nalishdagi har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, texnik nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Agar fuqaro internet, aloqa, elektr energiyasi, gaz, suv yoki boshqa xizmatlardan foydalanish jarayonida muammoga duch kelsa, u belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilish huquqiga ega.

Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening