Выберите язык

Sho‘rchi tumanida fuqaroning suyultirilgan maishiy gaz baloni o‘z vaqtida yetkazib berilmagani yuzasidan qilgan murojaati o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Sho‘rchi tumani Oqqo‘rg‘on mahallasi Sohibkor ko‘chasida yashovchi fuqaro R.A. xonadoniga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilmayotganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Murojaatda fuqaro maishiy gaz baloni belgilangan muddatlarda to‘ldirib berilmayotgani, bu holat xonadonda kundalik turmush ehtiyojlarini qondirishda noqulaylik tug‘dirayotganini bildirgan.

Ushbu murojaat belgilangan tartibda Sho‘rchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilib, jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida murojaatchi, tuman gaz ta’minoti mas’ullari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida holat atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqaroning xonadoniga suyultirilgan gaz baloni o‘z vaqtida yetkazib berilishi bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlanib, masalani bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada fuqaroning maishiy gaz baloni suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilib, xonadoniga yetkazib berildi. Iste’molchining murojaati bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilib, uning gaz ta’minotidan foydalanish imkoniyati tiklandi.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida xizmat ko‘rsatish tartibi bilan bog‘liq ayrim qo‘shimcha holatlar ham aniqlangan. Xususan, murojaatchi gaz baloni belgilangan muddatlarda yetkazib berilmagani, gaz balonlarini tashish va tortish jarayonida zarur texnik vositalardan foydalanish, to‘lovlarni qabul qilish tartibi hamda fiskal chek berilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tiroz bildirgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli vakolatli tashkilotlarga, jumladan, raqobatni rivojlantirish, gaz ta’minoti hamda soliq boshqarmasiga belgilangan tartibda axborot va aloqa xatlari yuborilib, masalaga huquqiy baho berish so‘raldi.

Bu holat kommunal va maishiy xizmatlar ko‘rsatishda iste’molchilar huquqlariga rioya etish, xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish, to‘lov jarayonida qonunchilik talablariga amal qilish muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish kabi xizmatlar fuqarolarning kundalik turmushi bilan bevosita bog‘liq. Shu bois ushbu yo‘nalishdagi har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish iste’molchilar manfaatlarini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

Agar fuqaro gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, chiqindi, internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanish jarayonida muammoga duch kelsa, u belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilish huquqiga ega.

Sho‘rchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening