Выберите язык

Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Jamiyatga Sariosiyo tumani Shabnam mahallasida yashovchi fuqaro F.M. tomonidan internet xizmati bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro xonadonidagi Wi-Fi tarmog‘i 2026-yil 1-may kunidan buyon ishlamayotgani, ushbu masala yuzasidan “O‘zbektelekom” AK Janubiy filiali Sariosiyo tumani mas’ullariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmagani sababli amaliy yordam so‘ragani bayon etilgan.

Mazkur murojaat Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimi, “O‘zbektelekom” AK Janubiy filiali Sariosiyo tumani mas’ullari hamda murojaatchi ishtirokida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan bildirilgan holatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, internet tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada “O‘zbektelekom” AK Janubiy filiali Sariosiyo tumaniram mas’ullari tomonidan fuqaroning xonadonidagi Wi-Fi tarmog‘i ta’mirlanib, internet xizmati qayta tiklandi.

Murojaat ijobiy hal etilib, fuqaroning internet xizmatidan foydalanish imkoniyati ta’minlandi.

Mazkur holat aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.

Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni qonuniy tartibda hal etish hamda iste’molchilarga amaliy-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening