Выберите язык

Kommunal xizmatlar uchun hisob-kitoblar aniq va asosli bo‘lishi kerak. Ayniqsa, xonadon markaziy issiqlik tarmog‘iga ulanmagan bo‘lsa, iste'molchidan to‘lov undirish masalasi alohida o‘rganishni talab etadi.

Marg‘ilon shahri Zuxro MFY hududida yashovchi N. D. issiqlik ta'minoti xizmatidan foydalanmaganiga qaramay, xonadonga 1 million 031 ming 506 so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib, Marg‘ilon shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Fuqaro xonadon issiqlik ta'minotiga ulanmagani va unda tegishli isitish tarmog‘i mavjud emasligini bildirgan. 

Murojaat asosida jamiyat tomonidan «Farg‘ona viloyati Issiqlik ta'minoti» MChJga so‘rovnoma yuborilib, holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra mutaxassislar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Korxona javob xatida mazkur dalolatnoma asosida hisoblangan qarzdorlikni iste'molchilar bazasidan yechish uchun tegishli mutaxassislarga hujjatlar taqdim etilgani, hujjatlar asosli deb topilgan taqdirda qarzdorlik billing bazasidan chiqarilishi ma'lum qilindi. 

Mazkur holat iste'molchilarga muhim eslatma: kommunal xizmatlar bo‘yicha tushunarsiz qarzdorlik aniqlansa, uning asosini so‘rash, xonadonning haqiqiy holatini dalolatnoma bilan rasmiylashtirish va zarur hujjatlarni saqlash lozim. Hisob-kitobga rozi bo‘lmagan fuqaro yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening