Выберите язык

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening

Denov shahar “Buyuk kelajak” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.G. joriy yilning fevral oyida “Emiran bozor” hududida joylashgan telefon savdo do‘konlaridan biridan 3 oy muddatga onlayn to‘lov asosida 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m evaziga planshet xarid qilgan.

Fuqaro qurilmani uy sharoitida foydalanib ko‘rganida planshetning juda sekin ishlashi sababli undan norozi bo‘lgan hamda muammoni bartaraf etish maqsadida savdo do‘koni ma’muriyatiga murojaat qilgan. Biroq masalaga o‘z vaqtida yechim topilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro 13-fevral kuni Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 📞 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, iste’molchining huquqlari qonun doirasida himoya qilinib, nosoz planshet uchun to‘langan 1 500 000 so‘m mablag‘ fuqaro foydasiga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.