Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida viloyatdagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga jami 1 253 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 298 tasi yozma, 955 tasi og‘zaki bo‘lib, 288 ta murojaat elektron shaklda yuborilgan. Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida o‘rganilib, iste’molchilar manfaatlariga yetkazilgan 16 milliard 921 million 691 ming 836 so‘m miqdoridagi moddiy va ma’naviy zarar qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilar foydasiga undirib berilishi ta’minlandi.