Выберите язык

Har bir shartnoma kelishuvga, har bir kelishuv esa qonunchilik talablariga mos bo‘lishi lozim. Ana shunday tamoyil asosida Andijon shahrida isteʼmolchining buzilgan huquqi tiklanib, muddatli to‘lov shartnomasi qonunchilik talablari asosida qayta rasmiylashtirildi.

Andijon tumanida yashovchi B. Xakimov O‘zbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilib, Andijon shahri, G‘ayrat MFY hududida faoliyat yurituvchi “Kol Kapt Evolution” MCHJdan massaj apparatli kresloni muddatli to‘lov asosida xarid qilganini maʼlum qilgan.

Murojaatda qayd etilishicha, xarid vaqtida mahsulot qiymatini 3 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Biroq rasmiylashtirilgan shartnomada to‘lov muddati 1 yil etib ko‘rsatilgani sababli isteʼmolchi o‘z huquqlari buzilganini bildirib Federatsiyaga murojaat qilgan.

Murojaat Andijon shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Tomonlar ishtirokida olib borilgan muzokaralar natijasida masala amaldagi qonunchilik talablari asosida ijobiy hal etildi.

Natijada avval rasmiylashtirilgan shartnoma bekor qilinib, fuqaro bilan erishilgan kelishuvga muvofiq 3 yil muddatli to‘lov shartlari asosida yangi shartnoma tuzildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening