Выберите язык

Har bir iste’molchi xarid qilgan mahsulot sifatli bo‘lishini va undan belgilangan maqsadda bemalol foydalanishni kutadi. Mabodo mahsulot kutilgan talablarga javob bermasa, qonunchilik iste’molchiga o‘z huquqlarini himoya qilish imkoniyatini beradi. Navbatdagi murojaat ham ana shunday ijobiy yechim topdi.

Andijon viloyati, Andijon tumani, Obihayot MFYda yashovchi fuqaro Xasanov Dilmorod Nematovichning O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati prokuraturasiga 2026-yil 23-may kungi murojaati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyati hududiy birlashmasi Andijon shahar jamiyati tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida, “Elde” do‘koni mas’ullari hamda jamiyat mutaxassislari ishtirokida holat batafsil ko‘rib chiqildi, tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Natijada, fuqaro xarid qilgan uch g‘ildirakli skuter uning ehtiyojiga mos, boshqaruvi qulayroq bo‘lgan boshqa rusumdagi skuterga almashtirib berildi.

Shuningdek, murojaat muallifiga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, o‘rganish natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening