O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat Toshkent shahar hudduiy birlashmasi tomonidan nazoratga olinib, Mirobod tuman jamiyati tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
Murojaatda fuqaro Mirobod tumanida joylashgan “ANDALUS” xususiy maktabi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan amaliy yordam so‘ragan. Jumladan, iste’molchi farzdandini futbol mashg‘ulotlariga qatnashishi uchun 4 000 000 (to‘rt million) so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirganini bildirgan.Biroq mashg‘ulotlar iste’molchining kutgan natijalarini bermagani va ma’qul kelmagani sababli farzandi mashg‘ulotlarga qatnashishni davom ettirmagan. Shundan so‘ng foydalanilmagan mashg‘ulotlar uchun to‘langan mablag‘ni qaytarish masalasi yuzaga kelgan. Ammo iste’molchining ta’kidlashicha, murojaat qilinganiga qaramay, to‘langan pul mablag‘i unga qaytarib berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman jamiyati tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, iste’molchining talablari va yuzaga kelgan vaziyatga e’tibor qaratildi. Muammoni ijobiy hal etish, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish hamda uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borildi. Olib borilgan o‘rganish va amaliy choralar natijasida iste’molchiga 4 000 000 so‘m miqdoridagi mablag‘ to‘liq qaytarib berildi. Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning mablag‘ini qaytarish bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.
Bu kabi murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi iste’molchilarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan yuzaga keladigan nizolarni hal etish va fuqarolarning qonuniy talablariga e’tibor qaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
ISTE’MOLCHI MANFAATI TA’MINLANIB, 4 MILLION SO‘M MABLAG‘ QAYTARILDI
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 37
























