Выберите язык

NAMANGANDA ISTE’MOLÇILAR FOYDASIGA 20,9 MILLIARD SÖMDAN ORTIQ MABLAĞ QAYTA HISOB-KITOB QILINDI

Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlaşmasi Kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda viloyatda iste’molçilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, aholining huquqiy savodxonligi hamda iste’mol madaniyatini yuksaltiriş, murojaatlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş borasida 2026-yil davomida amalga oşirilgan işlar tanqidiy-tahliliy körib çiqildi.
Ta’kidlanganidek, 2026-yilning ötgan davri mobaynida viloyatdagi iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlariga jami 2 881 ta murojaat kelib tuşgan. Mazkur murojaatlarni örganiş natijasida iste’molçilar foydasiga 20 milliard 933 million 973 ming 400 sömlik mablağni qayta hisob-kitob qiliş va ularning qonuniy manfaatlarini tiklaşga erişilgan.
Kengaş yiğilişida hududiy birlaşma hamda tuman va şahar jamiyatlarining faoliyati, erişilgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yeçimlari atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, jamiyatlar faoliyatining samaradorligini baholaşga qaratilgan KPI körsatkiçlari asosida olib borilgan tahlillar körib çiqilib, belgilangan vazifalarni bajarişda yuqori natijalarga erişgan hududlarning ijobiy tajribasi e’tirof etildi.
Şu bilan birga, ayrim tuman va şahar jamiyatlari faoliyatida kuzatilayotgan kamçiliklar tanqidiy baholanib, murojaatlar bilan işlaş sifatini yanada oşiriş, ijro intizomini mustahkamlaş, aholining iste’molçilar huquqlariga oid bilimlarini kengaytiriş hamda jamoatçilik nazorati tadbirlarini tizimli taşkil etiş zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yiğiliş davomida har bir murojaat ortida inson manfaati va uning qonuniy huquqlari turgani, şu bois murojaatlarga yuzaki yondaşmasdan, ularni öz vaqtida, xolis va qonuniy hal etiş barça mas’ullarning ustuvor vazifasi bölişi lozimligi qayd etildi.
Şuningdek, hududiy va quyi taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş, faoliyatga zamonaviy yondaşuvlarni tatbiq etiş, iste’molçilar huquqlarini himoya qilişda oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Muhokamalar yakunida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, faoliyat samaradorligini oşiriş, belgilangan KPI körsatkiçlari ijrosini ta’minlaş yuzasidan mas’ullarga tegışli vazifalar belgilab berildi.
Kengaş yiğilişi yakunida iste’molçilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş, aholining taşkilotga bölgan işonçini yanada mustahkamlaş hamda har bir murojaat böyiça amaliy natijadorlikni ta’minlaş kelgusidagi faoliyatning eng muhim ustuvor yönalişlari sifatida belgilandi.
Namangan viloyati hududiy birlaşmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening