Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish jarayonida navbatdagi murojaat ham o‘zining ijobiy yechimini topdi.
Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi fuqaro xonadonidagi elektr energiyasi kuchlanishi bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qilgan. Murojaatda elektr kuchlanishi uzoq vaqt davomida juda past bo‘lib, ayrim vaqtlarda 30–40–50 volt atrofida bo‘layotgani, buning natijasida xonadondagi elektr jihozlaridan to‘laqonli foydalanishning imkoni bo‘lmayotgani bayon etilgan.
Murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoning sabablarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Natijada xonadondagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etilib, iste’molchining murojaati ijobiy hal qilindi.
Bu kabi holatlar yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, iste’molchilarning murojaatlari o‘z vaqtida o‘rganilishi va amaliy yechim topishi muhim ahamiyatga ega. Zero, murojaat ortida insonning kundalik hayoti, uning haqqi va qonuniy manfaati turadi.
Tashkent viloyati Hududiy birlashmasi bundan keyin ham iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga amaliy yechim topilishiga ko‘maklashish yo‘lida faoliyatini davom ettiradi.
Hurmatli iste’molchilar! Sizning huquqingiz buzilgan deb hisoblasangiz yoki ko‘rsatilayotgan xizmat sifatidan norozi bo‘lsangiz, murojaat qilishdan tortinmang. Har bir murojaat — muammoni hal etish va iste’molchi huquqlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
Iste’molchi huquqlari — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening