Выберите язык

NOSOZ SUV SOVUTGICHI

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Uchqo‘rg‘on tuman jamiyatiga fuqaro iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro onlayn savdo do‘konidan suv sovutgich xarid qilgan.
Mahsulot xonadonga olib kelinib, o‘rnatilib ishlatib ko‘rilganda, uning suvni sovutmasligi, ya’ni nosoz ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng iste’molchi mahsulotni savdo do‘koniga qaytarib olib borgan. Biroq dastlab savdo do‘koni mas’ullari uning talabini qanoatlantirmagan.

Mazkur murojaat Uchqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, savdo do‘koni mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi.
Natijada “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi asosida nosoz mahsulot uchun to‘langan 1 228 800 so‘m mablag‘ iste’molchiga to‘liq qaytarildi.

Shu tariqa, murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy huquqi tiklandi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening