Выберите язык

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish hamda buzilgan huquqlarini tiklash O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimidagi hududiy birlashmalarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Federatsiya tizimiga kelib tushayotgan har bir murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va adolatli yechimga erishish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro M.A. tomonidan iste’molchi huquqlarini himoya qilish yuzasidan yozma murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro televizion reklama orqali namoyish etilgan ma’lumotlarga asoslanib, “Nutrilab” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotga buyurtma bergani va mazkur mahsulot uchun 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirgani bayon etilgan. Iste’molchi mahsulotni qabul qilib, undan foydalanganidan so‘ng, kutilgan natijaga erishmaganini hamda reklamada taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllangan umidlar o‘zini oqlamaganini ma’lum qilgan. Shu munosabat bilan fuqaro korxona vakillariga murojaat qilib, to‘langan mablag‘ni qaytarishni so‘ragan. Biroq, dastlabki murojaati ijobiy hal etilmagach, fuqaro o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Federatsiyaga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasining Yangihayot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida iste’molchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, murojaat mazmuni hamda holatga oid boshqa ma’lumotlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Nutrilab” korxonasi vakillari bilan muzokaralar olib borilib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari, tadbirkorlik subyektlarining iste’molchilar oldidagi majburiyatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Olib borilgan huquqiy targ‘ibot va amaliy chora-tadbirlar natijasida tomonlar o‘rtasidagi masala qonuniy tartibda hal etildi. Natijada iste’molchi M.A. tomonidan amalga oshirilgan 1 000 000 (bir million) so‘m miqdoridagi to‘lov to‘liq qaytarib berilishiga erishildi. Mazkur holat iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi, qonuniy talablarini belgilangan tartibda himoya qilishi va zarur hollarda Federatsiya tizimiga murojaat qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.


“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening