Выберите язык

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday murojaatlardan biri Toshkent shahar hududiy birlashmasiga poytaxtimizning Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro K.S. tomonidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali yo‘llangan murojaat bo‘ldi.
Murojaatda ta’kidlanishicha, fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomobilni ta’mirlash maqsadida Chilonzor tumanida joylashgan “Performens” avtomobil servisiga murojaat qilgan. Avtomobilning motor qismidagi nosozliklarni bartaraf etish uchun servis ustasiga 1 million 400 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ to‘langan. Biroq bajarilgan ishlar iste’molchini qoniqtirmagan, muammo to‘liq bartaraf etilmagan va to‘langan mablag‘ qaytarib berilmaganligi bildirilgan.
Murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan atroflicha o'rganib chiqildi.  O‘rganishlar davomida avtomobil servisi rahbari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda masalani ijobiy hal etishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirildi. 
Hududiy birlashma tomonidan olib borilgan muloqot va tushuntirish ishlari natijasida servis rahbariyati murojaatda ko‘rsatilgan masalani qayta ko‘rib chiqdi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, iste’molchining talablari asosli deb topilib, fuqaro K.S.ga to‘langan 1 million 400 ming so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining amaliy samaradorligini yana bir bor namoyon etdi. Chunki xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchining qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, u o‘z huquqlarini himoya qilish uchun vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.
Iste’molchi huquqlarini himoya qilish – har bir fuqaroning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim kafolatdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening