Выберите язык

📋 JAMOATCHILIK NAZORATI: 461 TA MAKTABDA MONITORING O‘TKAZILDI

2026-yil aprel-iyun oylari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi va inklyuziv ta’lim sinflaridagi o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar Federatsiya tomonidan o‘rganildi.

🗺 Respublika bo‘yicha monitoring: 461 — uyda ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgan maktablar soni.

1 310 — uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o‘quvchilar.

343 — inklyuziv ta’limga jalb qilingan o‘quvchilar.

2 619 — uyda ta’lim berishga jalb qilingan o‘qituvchilar.

📊 O‘rganish natijalari (403 nafar o‘quvchi oilalar kesimida

Aniqlangan asosiy tizimli kamchiliklar:

Darslarning o‘tilmasligi: Qo‘ng‘irot, Beruniy va Ellikqal’a tumanlarida o‘qituvchilar tomonidan darslarning o‘tilmasligi aniqlandi.

Hujjatlarni soxta to‘ldirish: Qo‘ng‘irot tumani 2-maktabda dars jurnali o‘quv yili yakunlanmasdan turib, 25-may sanasigacha oldindan to‘ldirib tashlangan.

Pedagogik etika buzilishi: Qo‘ng‘irot tumani 42-maktabda texnologiya fani o‘qituvchisi imkoniyati cheklangan o‘quvchini kamsitgan.

Mebellar va darsliklar yetishmovchiligi: Ko‘plab oilalarda o‘quvchilarning parta-stullari eski yoki darsliklar yetishmaydi.

📈 Federatsiya aralashuvi bilan erishilgan natijalar:

🛠 Qo‘ng‘irot tumani: O‘quvchining eski parta-stuli jamiyatning aralashuvi bilan maktab administratsiyasi hisobidan yangisiga almashtirildi.

💰 Nukus shahri: Uyda ta’lim oluvchi o‘quvchi oilasiga jamiyatning aralashuvi bilan "Inson" markazi tomonidan 2 742 000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.

🎁 Taxtako‘pir tumani: 18 ta uyda ta’lim oluvchi bolaga Taxtako‘pir tumani jamiyati hisobidan 2 500 000 so‘mlik bayram sovg‘alari topshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening