Выберите язык

Gurlan tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan "SDB" nomli savdo do‘konidan fuqaro I.J. 2025-yil noyabr oyida qiymati 7 000 000 (yetti million) so‘m bo‘lgan iPhone 13 rusumli mobil telefonni xarid qilgan.

Biroq, foydalanish jarayonida ushbu mobil qurilmaning faqat bitta SIM-karta sloti IMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tganligi aniqlangan. Iste'molchi mazkur kamchilikni bartaraf etish maqsadida sotuvchi do‘konga murojaat qilgan, ammo do‘kon xodimlari ikkinchi SIM-karta slotini IMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishgan.

Shundan so‘ng fuqaro O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli Ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Murojaat Gurlan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tegishli tartibda amaliy choralar ko‘rildi. O‘rganish natijasida iste'molchining qonuniy talabi ta'minlanib, mobil telefonning ikkinchi SIM-karta slotini IMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.

O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening