Выберите язык

   2026-yil iyun oyida Navbahor tumanida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonalarida iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda iste'molchilar huquqlarining ta'minlanishi yuzasidan jamoat nazorati tartibida o‘rganishlar olib borilmoqda.
Mazkur o‘rganishlar Karmana tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilib, ovqatlanish shoxobchalarida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, yaroqlilik muddati, xizmat ko‘rsatish madaniyati, narxlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning ochiqligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi o‘rganilmoqda.
   O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan korxona mas'ullariga tegishli tavsiyalar berilib, iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
  Bunday jamoat nazorati tadbirlari iste'molchilarga xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta'minlash, tadbirkorlik subyektlarida qonunchilik talablariga rioya etilishini kuchaytirish hamda iste'molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening